Ko‘proq funksiyalar Abozor mobil ilovasida

Blogs
2 daqiqa
Abozor
30-01-2026
11
Abozor
30 yanvar, 2026
Eng ko‘p uchraydigan xato — mashinani “o‘zim xohlagan narxda” sotishga urinish.
Xaridorlar birinchi navbatda:
o‘xshash avtomobillar narxini,
yilini,
holatini taqqoslaydi.
Agar narx bozordan yuqori bo‘lsa, e’lon ko‘riladi, lekin yozilmaydi.
👉 Yechim: Abozor’da o‘xshash mashinalar narxini solishtiring yoki auksion orqali bozorning real narxini biling.

Xiralashgan, qorong‘i, ichki salon ko‘rinmaydigan rasmlar xaridor ishonchini pasaytiradi.
Xaridor shunday o‘ylaydi:
“Agar rasmlar shunaqa bo‘lsa, mashinaning holati qanday ekan?”
👉 Yechim:
8–12 ta aniq rasm
tashqi va ichki ko‘rinish
kunduzgi yorug‘likda olingan fotosuratlar

“Zo‘r holatda”, “yurib turibdi” kabi umumiy jumlalar endi ishlamaydi.
Xaridor bilishni xohlaydi:
real holat
qaysi qismlari almashtirilgan
qayerda va qanday foydalanilgan
👉 Yechim: kamchiliklarni ham ochiq yozing — bu ishonchni oshiradi.
Sizga yoqishi mumkin