Ko‘proq funksiyalar Abozor mobil ilovasida

Texnik
2 daqiqa
Abozor
30-01-2026
11
Abozor
30 yanvar, 2026
Bugungi kunda IT sohasida ishlash faqatgina kod yozish yoki test qilish bilangina cheklanmaydi. Muhim jihatlardan biri — ish jarayonini to‘g‘ri boshqarish. Shu yerda Agile va Kanban metodologiyalari katta rol o‘ynaydi.
Agile — bu loyihani moslashuvchan, tezkor va doimiy yaxshilab borish tamoyillariga asoslangan yondashuvdir. Agile’da katta rejalar o‘rniga ish kichik qismlarga bo‘linadi va bosqichma-bosqich bajariladi.
Agile’ning asosiy g‘oyalari:
O‘zgarishlarga tez moslashish
Jamoa ichida doimiy muloqot
Mijoz fikrini tez-tez inobatga olish
Qog‘ozbozlikdan ko‘ra ishlaydigan mahsulot muhim
Agile ko‘pincha sprintlar (masalan, 1–2 haftalik davrlar) orqali ishlaydi. Har bir sprint oxirida tayyor natija bo‘ladi.
Kanban — bu ish jarayonini vizual tarzda boshqarish usuli. U asosan taxtacha (board) orqali amalga oshiriladi.
Oddiy Kanban board quyidagicha bo‘ladi:
To Do (Qilinishi kerak)
In Progress (Jarayonda)
Done (Tugallangan)
Kanban’ning asosiy afzalliklari:
Ish holati doim ko‘z o‘ngida bo‘ladi
Bir vaqtning o‘zida juda ko‘p ish olib ketilmaydi
Ishdagi tiqilinchlar (bottleneck) tez aniqlanadi
Doimiy oqim mavjud (sprint shart emas)

Sizga yoqishi mumkin